Yordam

Qaysi davlatga pul yuborish mumkin?

Pul oʻtkazmalarini Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozog'iston va Ozarbayjonga amalga oshirish mumkin.

Qanday qilib SalamPay orqali naqd pul olish uchun O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Ozarbayjonga o'tkazish kerak?

O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Ozarbayjonga pul o'tkazish uchun:

- dastur menyusidagi "O'tkazma" tugmasini bosing;
- O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston, Ozarbayjonga o'tkazmalar" tugmasini tanlang;
- o'tkazmoqchi bo'lgan mamlakatni tanlang;
- miqdorni kiriting;
- qabul qiluvchining ma'lumotini kiriting va to'g'ri kiritilganini tasdiqlang;
- yuboruvchi ma'lumotlarini kiriting va to'g'ri kiritilganini tasdiqlang;
- davom ettirishdan avval pul o'tkazmasi uchun ma'lumotlarni tekshiring;
- "To'lov" tugmasini bosing;
- pul o'tkazmada mablag' olinadigan bank karta ma'lumotlarini kiriting;
- pul mablag'larini kartadan olinishini tasdiqlang (bankdan olingan SMS kod yordamida);
- qabul qiluvchiga o'tkazma haqida ma'lumot bering.

SalamPay orqali UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalariga qanday o'tkazmani amalga oshirish mumkin?

Siz mamlakatga qarab milliy to'lov tizimlarining kartalariga pul o'tkazishingiz mumkin. O'tkazma to'lovi rublda va qabul qiluvchining kartasiga milliy valyutada hisobga tushadi. O'tkazmani amalga oshirish uchun:


- Asosiy bo'limda "O'tkazma" tugmasini bosing;
- "UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalariga o'tkazmalar" tugmasini tanlang;
- O'tkazma miqdorini rublda yoki milliy valyutada ko'rsating va "Hisoblash" tugmasini bosing
- kartaga milliy valyutada o'tadigan miqdorni tasdiqlang;
- o'tkazmani qabul qiluvchining karta raqamini kiriting;o'tkazmani qabul qiluvchining karta raqamini kiriting;
- qabul qiluvchining ma'lumotini kiriting va to'g'riligini tasdiqlang;
- yuboruvchi ma'lumotlarini kiriting va to'g'riligini tasdiqlang;
- jo'natishdan avval pul o'tkazmasi ma'lumotlarni tekshiring;
- To'lov" tugmasini bosing;
- pul o'tkazmada mablag' olinadigan bank karta ma'lumotlarini kiriting;
- pul mablag'larini kartadan olinishini tasdiqlang (bankdan olingan SMS kod yordamida);
- qabul qiluvchiga o'tkazma haqida ma'lumot bering.

O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Ozarbayjonda naqd pul o'tkazmalarini qabul qilish uchun cheklovlar.

  • Xalqaro pul oʻtkazmalarning minimal miqdori - 10 AQSh dollari yoki uning Rossiya rublidagi ekvivalenti.
  • Bir martalik pul oʻtkazmaning maksimal miqdori - 100 000 rubl.
  • Bir kunda amalga oshirish mumkin boʻlgan xalqaro pul oʻtkazmalarining maksimal miqdori - 1200 AQSh dollarini, yoki Rossiya rublidagi ekvivalenti.
  • Bir oyda amalga oshirish mumkin boʻlgan xalqaro pul oʻtkazmalarining maksimal miqdori - 1200 AQSh dollari, yoki uning Rossiya rublidagi ekvivalenti.

O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Ozarbayjon naqd pul o'tkazmasini qanday olish mumkin?

Pul oʻtkazmasini SalamPay hamkor banklarining boʻlimlarida olish mumkin. Buning uchun oluvchi yonida oʻz pasportiga ega boʻlishi, oʻtkazma miqdori va oʻtkazma raqamini bilishi lozim.
Pul oʻtkazmasini ilova orqali oʻtkazmani rasmiylashtirish jarayonida pasport ma'lumotlari koʻrsatilgan shaxsgina olishi mumkin.

UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalaridagi pul o'tkazmalari miqdorining cheklovlari

  • UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalariga pul o'tkazmasining minimal miqdori - 700 rubl.
  • UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ ga bir marta maksimal - 50,000 rubl.
  • Kuniga o'tkaziladigan pul o'tkazmalarining maksimal miqdori 100 000 rubl.
  • Oyiga o'tkazilgan pul o'tkazmalarining maksimal miqdori 100 000 rubl.

UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalariga o'tkazmalarni qanday qabul qilish mumkin?

SamPay mobil ilovasi orqali o'tkazmalar UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ- kartalariga to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladi. Oluvchi bankka borib, navbatga turishi shart emas.

Oʻtkazma maqomini qanday bilish mumkin?

Pul oʻtkazmasi maqomini asosiy ekrandagi "Oʻtkazmalar tarixi" boʻlimida koʻrishingiz mumkin.

Oʻtkazmani qanday takroran yuborish mumkin?

SalamPay ilovasida oldin yuborilgan pul oʻtkazmalarni tezda takroran yuborishingiz mumkin.
Buning uchun:
- SalamPay ilovasining asosiy sahifasidagi "Oʻtkazmalar tarixi" boʻlimida kerakli oʻtkazmani tanlang;
- "Takrorlash" tugmasini bosing;
- oʻtkazma maʼlumotlarini tekshiring;
- "Toʻlovga oʻtish" tugmasini bosing;
- pul mablagʻlari pul oʻtkazmasi hisobiga oʻtkaziladigan bank kartasini kiriting;
- kartadan mablagʻ yechib olinganligini tasdiqlang (bankdan olingan SMS-xabardagi kodni kiritish orqali);
Bunday holatda, pul oʻtkazmasi oʻsha mamlakatga va oʻsha oluvchiga yuboriladi (yuborishda pul oʻtkazmasi miqdorini oʻzgartirishingiz mumkin).

SalamPay mobil ilovasi orqali kimlar pul yuborishi mumkin?

SalamPay ilovasi orqali Rossiya, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Ozarbayjon davlatlarining fuqarolari bo'lgan har qanday shaxs, Rossiyada chiqarilgan bank kartasi va Rossiya aloqa operatorining telefon raqami yordamida Rossiyadan pul o'tkazmalarini yuborishlari mumkin.

Vatanimga har qanday kartadan pul oʻtkazmasini amalga oshira olamanmi?

Pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun siz MasterCard, Visa yoki Maestro xalqaro toʻlov tizimi, yoki Rossiyaning "Мир" toʻlov tizimi xizmat koʻrsatadigan kartaga ega boʻlishingiz kerak. Karta 3D-Secure texnologiyasini qoʻllab-quvvatlashi va Rossiya Federatsiyasi banklari tomonidan chiqarilgan boʻlishi kerak. Ushbu shartlar bajarilgan holda, kartangizdan foydalanib, SalamPay mobil ilovasi orqali oʻz mamlakatingizga pul oʻtkazmasini yuborishingiz mumkin.

Xalqaro oʻtkazmalarni amalga oshirish muddati qancha?

Pul oʻtkazmalarini SalamPay mobil ilovasida toʻlov va oʻtkazma amalga oshirilgandan soʻng darhol olinishi mumkin boʻladi.

UZCARD, HUMO, КОРТИ МИЛЛИ, ЭЛКАРТ kartalariga Xalqaro o'tkazmani amalga oshirishning muddati qanday?

O'tkazma darhol yuboriladi. Kamdan kam hollarda, o'tkazmani yuborish vaqti kechikib 60 daqiqagacha bo'lishi mumkin

Pul oʻtkazmasi raqami haqida qanday xabar qilish mumkin?

Pul oʻtkazmasi raqamini qayta yuborish uchun:
- SalamPay ilovasining asosiy sahifasidagi "Oʻtkazmalar tarixi" boʻlimida kerakli pul oʻtkazmani tanlang;
- "Xabar berish" tugmasini bosing;
- qayta yuborish uchun kerakli kanalni tanlang.

Pul oʻtkazmasini amalga oshirganda, tasdiqlash uchun kodga ega boʻlgan SMS-xabar kelmasa, nima qilish kerak?

Bir martalik parol mijozning bank kartasi bilan ishlashini tasdiqlash uchun vositachi boʻlib xizmat qiladi va bank tomonidan kartaga bogʻlangan telefon raqamiga yuboriladi. Agar siz parolni SMS-xabar orqali olmasangiz, qurilmangizni oʻchirib qayta yoqing va telefon raqamingiz aloqa operatori tomonidan bloklanmaganligiga ishonch hosil qiling.
Siz qurilmangizning toʻgʻri ishlashiga va aloqa bilan bogʻliq muammolarga duch kelmasligiga ishonch hosil qilsangiz, xuddi shu pul oʻtkazmasini takrorlashga urinib koʻring (buni amalga oshirish uchun mobil ilovaning asosiy sahifasidagi "Oʻtkazma tarixi" boʻlimida kerakli oʻtkazmani tanlang va "Takrorlash" tugmasini bosing). Agar kod koʻrsatilgan SMS-xabar kelmasa, kartangizni chiqargan bank bilan bogʻlanishingizni tavsiya qilamiz.