Yordam

SalamPay - bu nima?

SalamPay - bu pul oʻtkazmalari uchun mobil ilova boʻlib, ilova yordamida siz Rossiyadan Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozog'istonga va Ozarbayjon pul oʻtkazmalarni komissiyasiz va foydali kursda amalga oshirishingiz mumkin.

SalamPay mobil ilovasini qanday qilib yuklash va oʻrnatish mumkin?

SalamPay mobil ilovasini Play Market yoki App Store'da qidiruv satriga "SalamPay" deb yozish orqali topish va oʻrnatish mumkin.
Agar mobil ilovani topa olmasangiz, www.salampay.com saytiga kiring va "Oʻrnatish" tugmasini bosing.

SalamPay tizimida qanday roʻyxatdan oʻtish mumkin?

SalamPay tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun:
- SalamPay mobil ilovasini Play Market yoki App Store'dan oʻrnating, shuningdek, mobil ilovani saytdan ham oʻrnatish mumkin, buning uchun www.salampay.com sahifasiga oʻting.
- qurilmangizda SalamPay mobil ilovasini ishga tushiring;
- ilova tilini tanlang;
- foydalanuvchi shartnomasini qabul qiling;
- mobil telefon raqamingizni kiriting va "Kirish" tugmasini bosing;
- SMS-xabardagi kodni kiriting va "Tasdiqlash" tugmasini bosing;
- ilovaga kirish kodini oʻrnating va eslab qoling;
Siz, shuningdek, Touch ID’dan foydalanishingiz mumkin, bu holatda mobil ilovaga kirish uchun kirish kodini kiritish talab qilinmaydi.

Ilovada qanday qilib telefon raqamini oʻzgartirsa boʻladi?

Telefon raqamini ilovada oʻzgartirish uchun:
- ilovaning pastki menyusidagi "Profil" tugmasini bosing;
- "Telefon raqamini almashtirish" boʻlimini tanlang;
- yangi telefon raqamini kiriting;
- SMS-xabardagi kodni yangi raqamga qabul qiling;
- yangi telefon raqamining ulanishini tasdiqlash uchun SMS-xabardagi kodni kiriting va tasdiqlash tugmasini bosing;

Meninig qurilmamda SlamPay mobil ilovasi qoʻllab-quvvatlanmaydi. Nima qilish kerak?

SalamPay ilovasi iOS (10 va undan yangiroq versiyasi) va Android (4.4 va undan yangiroq versiyasi) operatsion tizimlari ostida ishlaydigan qurilmalarga oʻrnatilishi mumkin. Agar siz oʻrnatish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, iltimos, SalamPay qoʻllab-quvvatlash xizmati chatiga murojaat qiling.

Qanday qilib ilovaga kirish kodini oʻzgartirsa mumkin?

Mobil ilovaga kirish kodini oʻzgartirish uchun:
- ilovaning pastki menyusidagi "Profil" boʻlimiga oʻting;
- "Kirish kodini oʻzgartirish" boʻlimiga oʻting;
- eski parolni kiriting;
- yangi parolni kiriting va uni tasdiqlang.

Pul oʻtkazmasini amalga oshirish uchun qanday kartalardan foydalanishim mumkin?

Pul oʻtkazmasini amalga oshirish uchun siz Rossiya hududida faoliyat yuritadigan bank tomonidan chiqarilgan kartaga ega boʻlishingiz va karta 3D-Secure texnologiyasini qoʻllab-quvvatlashi kerak. Agar ushbu shartlar bajarilsa, SalamPay mobil ilovasi orqali pul oʻtkazmasini amalga oshirishda kartangizdan foydalanishingiz mumkin.

SalamPay ilovasidan foydalanish uchun internetga bogʻlanish kerakmi?

SalamPay mobil ilovasi toʻlaqonli ishlashi uchun sizga barqaror Internet ulanishi kerak boʻladi.

Xavfsizlik

SalamPay mobil ilovasi pul oʻtkazish va toʻlovlarning xavfsizligini taʼminlash uchun zamonaviy yondashuvlardan foydalanadi. Oʻtkazma va uni olish haqida maʼlumot doim ilovada koʻrsatiladi. Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtishda shaxsiy parol oʻrnatiladi. Operatsiyalar Rossiya Markaziy bankining nazorati ostida boʻlib, 395-sonli "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi" Federal qonuniga muvofiqdir.