Yordam

Ko‘p so‘raladigan savollar

SalamPay bu nima?

SalamPay - bu komissiyalardan va har qanday to'lovlardan holi bo'lgan, uyidan uzoqda bo'lgan qarindoshlari va do'stlariga g'amxo'rlik qiladiganlar uchun mo'ljallangan mobil ilova. Ilova ma'lumotni eng zamonaviy himoya qilish va to'lovlarni havfsizligini ta'minlagan texnologiyadan foydalanadi - qurilmaning egasidan boshqa hech kim roziligisiz ilovadan foydalana olmaydi.

Ilovadan foydalanib:

  • O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Ozarbayjonga foydali valyuta kursi bilan pul o'tkazmalarini yuborish;
  • O'tkazmalarni onlayn tarzda olish uchun holatidan xabardor bo'lish;

Ilovadan foydalanish uchun siz uni mobil qurilmangizga o'rnatishingiz va ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

SalamPay mobil ilovasini qanday qilib yuklash va oʻrnatish mumkin?

SalamPay mobil ilovasini Play Market yoki App Store'da qidiruv satriga "SalamPay" deb yozish orqali topish va oʻrnatish mumkin.
Agar mobil ilovani topa olmasangiz, www.salampay.com saytiga kiring va "Oʻrnatish" tugmasini bosing.

Pul oʻtkazmani qaerga yuborsa boʻladi?

Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Ozarbayjonga pul oʻtkazmalarini yuborishingiz mumkin.

Oʻtkazma miqdori rublda shakllantiriladi va u qabul qiluvchiga AQSh dollarida yoki milliy toʻlov tizimlarining kartalariga yuborilganda milliy valyutada yuboriladi. Oʻtkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.

Pul oʻtkazmasini yuborganingizdan soʻng, siz oʻtkazma holatini ilovada kuzatishingiz mumkin, sizga faqat barqaror internetga ulanish kerak boʻladi. Oʻtkazmangiz qabul qiluvchiga berilganda, siz avtomatik ravishda bu haqda PUSH bildirishnomasini olasiz.

Pul o'tkazmasini qanday yuborish kerak?

Pul o'tkazmasini yuborish uchun siz dastur ekranining pastki qismidagi "O'tkazma" tugmasini bosishingiz kerak. Keyin ekranidagi ko'rsatmalarga amal qilib davom ettiring. Yodingizda bo'lsin, birinchi o'tkazmani yuborish uchun sizga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ro'yxatdan o'tish (VNJ / RVP) hujjati bo'lishi kerak.

O'tkazmani yuborish uchun Rossiyada chiqarilgan har qanday bank kartadan foydalanishingiz mumkin.

Pul o'tkazmasini qanday olish kerak?

Siz o'tkazmani O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'istonda va Ozarbayjon SalamPayning hamkor banklari bo'limlarida olishingiz mumkin.

Hamkor banklarning manzillari va bo'limlar ro'yxati Ilovada "Punktlar" bo'limida mavjud.

O'tkazmani olish uchun oluvchi o'zi bilan pasportga ega bo'lishi, shuningdek pul o'tkazmasining raqamini va miqdorini bilishi kerak.