Bugungi kunda deyarli har bir inson internetda o‘zi haqida raqamli iz qoldiradi. Bu — telefon, ijtimoiy tarmoqlar, pul o‘tkazmalari orqali yoki shunchaki saytlarni ko‘rganingizda paydo bo‘ladigan ma’lumotlardir.
Raqamli izga quyidagilar kiradi:
— telefon raqamingiz va email manzilingiz;
— fotosuratlaringiz;
— messenjerlardagi harakatlaringiz;
— ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz;
— pul o‘tkazmalari va xaridlar tarixi;
— saytlarga kiritgan ma’lumotlaringiz.
Rossiyada va boshqa mamlakatlarda firibgarlar raqamli izdan faol foydalanib, odamlarni, ayniqsa migrantlarni aldashadi. Ular ochiq manbalardan — izohlar, shubhali saytlar, soxta anketalar va messenjerlardagi guruhlardan ma’lumot to‘plashadi.
Minimal ma’lumot — familiyangiz, telefon raqamingiz yoki fotosuratingizni qo‘lga kiritgan firibgarlar quyidagilarni qilishi mumkin:
- bank yoki politsiya xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilish;
- sizning nomingizdan soxta sahifalar yaratish;
- telefoningiz yoki akkauntlaringizga kirishga urinish;
- zararli saytlarga havolalar yuborish;
- firibgarlik yo‘li bilan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish.
Ma’lumot qancha ko‘p bo‘lsa — firibgar uchun aldash sxemasini topish shuncha oson bo‘ladi.

O‘zingizni qanday himoyalash mumkin?
1. Ochiq kanallarda telefon raqamingizni va pasport ma’lumotlarini joylashtirmang. Firibgarlar bunday ma’lumotlarni muntazam yig‘ib borishadi.
2. Murakkab parollardan va ikki bosqichli himoyadan foydalaning. Ayniqsa Telegram, bank ilovalari va pul o‘tkazish xizmatlarida.
3. Noma’lum xabarlardagi havolalarga kirmang. Hatto “do‘stingiz”, “hamkasbingiz” yoki “bank xodimi” deb yozishsa ham.
4. Kompaniyaning rasmiy kanallarini tekshiring. Haqiqiy servislar havolalarni faqat o‘z saytlarida va ilovalarida joylashtiradi.
Shu sababli rasmiy Telegram-kanalimizga havolani yana bir bor taqdim etamiz: SalamPay.
5. Hech kimga tasdiqlash kodlarini yubormang. Hatto sizni shoshiltirishsa, qo‘rqitishsa yoki bonuslar taklif qilishsa ham.
Firibgarlar tez va ishonch bilan harakat qilishadi. Ular insonning charchaganidan, shoshayotganidan yoki rus tilini yaxshi bilmasligidan foydalanishadi. Shuning uchun har doim ma’lumotni ikki marta tekshiring. Agar shubhangiz bo‘lsa — javob bermang va havolalarga kirmang.





