2-iyul, 2026

SalamPay haqidagi eng ko`p berilgan 5 ta savol

SalamPay haqidagi eng ko`p berilgan 5 ta savol

Agar siz SalamPay’dan endigina foydalanishni boshlagan bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalari, kartalar va xavfsizlik haqida savollar tug‘ilishi mumkin. Eng mashhur savollarga javoblarni to‘pladik.


1. Pul o‘tkazmasini qayerga yuborish mumkin?
SalamPay orqali pul o‘tkazmalarini quyidagi davlatlarga yuborish mumkin:

- O‘zbekiston;
- Tojikiston;
- Ozarbayjon.


O‘tkazma miqdori rublda ko‘rsatiladi, qabul qiluvchi esa mablag‘ni o‘z mamlakatining milliy valyutasida yoki dollarda oladi.


Jo‘natishdan so‘ng pul o‘tkazmasi holatini bevosita ilovada kuzatishingiz mumkin. Pul oluvchiga yetib borganda, sizga PUSH-xabarnoma keladi.


2. Har qanday kartadan pul o‘tkazmasini yuborish mumkinmi?
Pul o‘tkazmasini yuborish uchun Rossiya Federatsiyasi hududida bank tomonidan chiqarilgan kartadan foydalanish zarur.


Quyidagi to‘lov tizimlarining kartalari mos keladi:

- Mir;
- Visa;
- MasterCard;
- Maestro.


Agar karta ushbu talablarga javob bersa, uni SalamPay orqali pul o‘tkazmalarini yuborish uchun foydalanishingiz mumkin.

картинка 1.jpg

3. O‘tkazma moqomini qanday bilish mumkin?
Barcha o‘tkazmalar ilovada ko‘rsatiladi. Maqomni tekshirish uchun operatsiyalar tarixini ochish kifoya.


Internetga ulanish mavjud bo‘lsa, ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi. Qabul qiluvchi tomonidan pul o‘tkazmasi qabul qilingandan so‘ng, ilovada bildirishnoma olasiz.


4. SalamPaydan foydalanish xavfsizmi?
Foydalanuvchilar xavfsizligi ilovaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hisobingizni himoya qilish uchun shaxsiy kirish kodini o‘rnatishingiz mumkin. O‘tkazmalar va ularning holati haqidagi ma’lumotlar doimo ilovada mavjud.


Operatsiyalar Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari esa "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi 152-FZ-sonli Federal qonunga muvofiq himoya qilinadi.


5. O`tkazma bo‘yicha savol tug‘ilsa, nima qilish kerak?
Agar o`tkazma yoki ilova ishlashi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, SalamPay qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Mutaxassislar vaziyatni tushunishga yordam beradi va savollaringizga javob beradi.


Migratsiya qonunchiligining dolzarb yangiliklarini telegram kanalimizda o‘qing.

O'tkazma kalkulyatori

Pulni darhol, yashirin to'lovlarsiz va haqqoniy kursda uyga yuboring.

O'zbekiston
UzCard/HUMO karta raqami bo'yicha yoki bankka telefon raqami bo'yicha UzCard/HUMO ga
  • O'zbekiston
  • Ozarbayjon
  • Tojikiston
RUB
UZS

Hozirda eng yaxshi kurs

Qabul qilish vaqti

Darhol

Komissiya

Komissiyasiz

Yaqinlaringizni xursand qilishning oson yo'li

Hech qayerga borish va navbat kutish shart emas - har qanday vaqtda pul o'tkazmalarini yuborishingiz mumkin.

Batafsil