SalamPay ilovasi orqali O‘zbekistonga pulni turli usullar bilan yuborish mumkin:
— ASIAEXPRESS orqali naqd pul berish bilan;
— karta raqami bo‘yicha (UZCARD/HUMO);
— telefon raqami bo‘yicha (UZCARD/HUMO);
Ushbu maqolada eng ommabop usulni ko‘rib chiqamiz — UZCARD/HUMO karta raqami bo‘yicha o‘tkazma.
Buni qanday qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘l:
1. Ilovaning bosh ekranida «O‘tkazma» tugmasini bosing.
2. O‘tkazma mamlakatini tanlang — O‘zbekiston.
3. O‘tkazma usulini tanlang — karta raqami bo‘yicha (UZCARD/HUMO).
4. Valyutani tanlang va o‘tkazma summasini kiriting.
5. Kurs va olinadigan summani ko‘ring, so‘ng «Davom etish»ni bosing.
Agar siz ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz:
1. Avtorizatsiyadan o‘ting. Shartlar (oferta va kelishuvlar) bilan tanishing, belgilash katakchalarini qo‘ying.
2. Telefon raqamingizni kiriting va uni SMS kod orqali tasdiqlang.
3. Ro‘yxatdan o‘tish usulini tanlang. Sber ID orqali yoki qo‘lda.
4. Ma’lumotlarni to‘ldiring (agar qo‘lda bo‘lsa):
- fuqarolik;
- F.I.Sh..;
- tug‘ilgan sana va joy;
- pasport ma’lumotlari;
- pasport kim tomonidan va qachon berilgani;
- ro‘yxatdan o‘tgan manzil;
5. Ma’lumotlarni tekshiring va tasdiqlang — ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi.
O‘tkazmani rasmiylashtirish:
1. Qabul qiluvchining kartasini kiriting. UZCARD yoki HUMO karta raqamini yozing va ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlang.
2. Qabul qiluvchining F.I.Sh. va telefon raqamini kiriting.
3. Ma’lumotlarni tekshiring. Hammasi to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qiling va «To‘lash»ni bosing.
4. To‘lov uchun kartani tanlang.
5. Agar karta ulanmagan bo‘lsa — uni qo‘shing. Oyna ochiladi, unda karta ma’lumotlarini (raqam, amal qilish muddati, CVC) kiritish kerak bo‘ladi.
6. To‘lovni tasdiqlang va o‘tkazmani yakunlang.
Muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng chek paydo bo‘ladi. Siz darhol qabul qiluvchiga o‘tkazma haqida xabar berishingiz mumkin.

O‘tkazma bosh ekranda saqlanadi — keyingi safar uni bir bosishda takrorlash mumkin.






