11-iyun, 2026

Сhet el fuqarosi farzandini RFda yashash joyi bo‘yicha qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Сhet el fuqarosi farzandini  RFda yashash joyi bo‘yicha qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Agar farzandingiz hali 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa va chet el fuqarosi hisoblansa, uni ota-onadan biri yoki qonuniy vakilning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.


Muhim: bunday ro‘yxatdan o‘tkazishni ishonchnoma orqali rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Arizani ota-ona yoki qonuniy vakil shaxsan topshirishi kerak.


Arizani qayerga topshirish mumkin?

Uchta usul mavjud:
- Gosuslugi orqali;
- shaxsan IIVga (MVD);
- shaxsan МФЦ orqali.


Gosuslugi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish:

1. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani to‘ldiring.
2. Hujjatlarning fotosuratlari yoki skaner nusxalarini yuklang. Barcha ma’lumotlar rus tilida kiritilishi kerak.
3. Agar uy-joy boshqa mulkdorlarga tegishli bo‘lsa, ularning Gosuslugi orqali roziligi talab qilinadi.
4. Davlat bojini to‘lang — 1 000 rubl.
5. IIVdan taklifnoma kelishini kuting.
6. Qabulga hujjatlarning asl nusxalarini olib boring.


Hujjatlar tekshirilgandan so‘ng IIV xodimi ro‘yxatdan o‘tganlik shtampini qo‘yadi. Ro‘yxatdan o‘tish faqat shu vaqtdan boshlab haqiqiy hisoblanadi.

photo_2026-06-02_02-31-44.jpg

IIV yoki МФЦ orqali ro‘yxatdan o‘tkazish:

1. Kelajakdagi ro‘yxatdan o‘tish manzili bo‘yicha IIV yoki МФЦga murojaat qiling.
2. Hujjatlarni topshiring.
3. Davlat bojini to‘lang — 1 000 rubl.


Agar tekshiruv tez o‘tsa, shtamp murojaat qilingan kunning o‘zida qo‘yilishi mumkin. Ayrim hollarda tekshiruv 12 ish kunigacha davom etadi. Bunday vaziyatda ro‘yxatdan o‘tishni olish uchun IIV yoki МФЦga yana bir bor tashrif buyurish kerak bo‘ladi.


Farzand ota-onadan biri yoki qonuniy vakilning ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.


Hujjatlarni rasmiylashtirishni kechiktirmang. Ro‘yxatdan o‘tmaganlik tibbiy yordam olishda, maktabga joylashishda va boshqa muhim masalalarni hal qilishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.


Migratsiya qonunchiligi bo‘yicha dolzarb yangiliklarni bizning telegram kanalimizda o‘qing.

O'tkazma kalkulyatori

Pulni darhol, yashirin to'lovlarsiz va haqqoniy kursda uyga yuboring.

O'zbekiston
UzCard/HUMO karta raqami bo'yicha yoki bankka telefon raqami bo'yicha UzCard/HUMO ga
  • O'zbekiston
  • Ozarbayjon
  • Tojikiston
RUB
UZS

Hozirda eng yaxshi kurs

Qabul qilish vaqti

Darhol

Komissiya

Komissiyasiz

Yaqinlaringizni xursand qilishning oson yo'li

Hech qayerga borish va navbat kutish shart emas - har qanday vaqtda pul o'tkazmalarini yuborishingiz mumkin.

Batafsil