12-fevral, 2026

Rossiyada ish: mehnat shartnomasida nimalarga e’tibor berish kerak

Rossiyada ish: mehnat shartnomasida nimalarga e’tibor berish kerak

Rossiyada ishga joylashayapsizmii? A’lo. Endi eng muhimi — shartnomani imzolashdan oldin uni diqqat bilan o‘qib chiqish va tekshirish.


Shuning uchun, quyida shartnomani imzolashdan oldin albatta tekshirish kerak bo‘lgan jihatlarni yozdik.


1. Hujjat yozma shaklda bo‘lishi kerak. Og‘zaki kelishuvlar sizni himoya qilmaydi. Agar biror narsa shartnomada yozilmagan bo‘lsa — keyin uni isbotlash deyarli imkonsiz. “Keyin rasmiylashtiramiz” yoki “xavotir olma” kabi va’dalar ko‘pincha muammolar bilan tugaydi.

2. Shartnomada kompaniya yoki YTT (yakka tartibdagi tadbirkor)ning haqiqiy nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar siz bir odam uchun ishlasangiz-u, lekin shartnomani boshqa shaxs bilan imzolasangiz — bu qonunbuzarlik hisoblanadi. Tekshiruv vaqtida ish noqonuniy deb topilishi mumkin.


3. Shartnomada aynan qaysi lavozimda ishlashingiz yozilgan bo‘lishi kerak. Bu patentda ko‘rsatilgan kasbga mos bo‘lishi uchun muhim. Ma’lumotlar mos kelmasa — jarima solinishi yoki hujjatlar bekor qilinishi mumkin.


4. Ish haqi va to‘lov muddatlari.

Quyidagilarga e’tibor bering:

- ish haqining aniq miqdori;
- necha marta to‘lanishi (oyiga bir marta yoki ikki marta);
- naqd pulda yoki bank kartasiga.


5. Jarimalar haqidagi bo‘limni tekshiring. Ko‘pincha u yerga kechikish, “mulkka zarar yetkazish”, mijozlar shikoyati kabi bandlar kiritiladi, lekin jarima miqdori ko‘rsatilmaydi. Shartnomada nima uchun va qancha ushlab qolishlari mumkinligi aniq yozilgan bo‘lishi kerak.

работа 2.jpg

6. Ish vaqti va dam olish kunlari. Tekshiring:

- kuniga necha soat ishlaysiz;
- dam olish kunlaringiz bormi;
- ortiqcha ishlagan vaqt (pereabotka) to‘lanadimi.


7. Ishdan qanday tartibda bo‘shash mumkinligini va necha kun oldin ogohlantirish kerakligini bilish muhim. Ba’zan shartnomada rejasiz ishdan bo‘shash uchun katta jarimalar yoziladi. Shuning uchun ishni tark etish haqida qancha oldin xabar berish kerakligini bilib oling.


Imzolashdan oldin shartnomani diqqat bilan o‘qing va savol berishdan qo‘rqmang. 10 daqiqa vaqt sarflash keyinchalik pul, ish va hujjatlarni yo‘qotishdan ko‘ra yaxshiroq.


Migratsiya qonunchiligidagi dolzarb yangiliklarni bizning Telegram kanalimizda o‘qing.

O'tkazma kalkulyatori

Pulni darhol, yashirin to'lovlarsiz va haqqoniy kursda uyga yuboring.

O'zbekiston
UzCard/HUMO karta raqami bo'yicha yoki bankka telefon raqami bo'yicha UzCard/HUMO ga
  • O'zbekiston
  • Ozarbayjon
  • Tojikiston
RUB
UZS

Hozirda eng yaxshi kurs

Qabul qilish vaqti

Darhol

Komissiya

Komissiyasiz

Yaqinlaringizni xursand qilishning oson yo'li

Hech qayerga borish va navbat kutish shart emas - har qanday vaqtda pul o'tkazmalarini yuborishingiz mumkin.

Batafsil