18-mart, 2025

Migrantlar uchun moliyaviy mablag'larni oqilona boshqarish

Migrantlar uchun moliyaviy mablag'larni oqilona boshqarish

Har bir mehnat migranti o‘zi va oilasi uchun munosib hayot ta’minlashga intiladi. Biroq, byudjetni to‘g‘ri rejalashtirmasdan turib, moliyaviy maqsadlarga erishish qiyin. Ba’zan ayrim odamlar kam daromad olsa ham, katta xaridlarga pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lishadi. Ular buni qanday uddalaydi?

Bugundan boshlab biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag‘ishlangan maqolalar turkumini e’lon qilishni boshlaymiz va bu borada bizga ishonchli hamkorimiz Migrant.uz yordam beradi!

🧮 Daromad va xarajatlarni hisoblab boring:

Bu moliyaviy ahvolingizni tushunish, qancha ishlab topayotganingiz va nimalarga sarflayotganingizni bilish imkonini beradi. Natijada xarajatlarni rejalashtirish va qarz olishdan qochishga imkoni paydo bo‘ladi.

Ko‘p muhojirlar xarajatlarini hisoblashni boshlagach, oilalariga ko‘proq pul yubora boshlagan yoki 15-30% ko‘proq pul yig‘a olgan.

✍️Daromadlarni yozib boring:

• Har bir kirgan pulni yozib qo‘ying;

• Hamma cheklar va maosh hujjatlarini saqlang;

• Qo‘shimcha daromadlarni ham qayd eting.

💱 Xarajatlarni nazorat qiling:

• Maxsus ilovalardan foydalaning, bank xabarnomalarini yoqib qo‘ying va kartangizni tekshirib turing;

• Barcha cheklarni va patent to‘lovlari kvitansiyalarini saqlang;

• Majburiy va ixtiyoriy xarajatlarni ajrating. Birinchi navbatda majburiy xarajatlaringizni qoplash uchun pul ajrating.

• Har oyda o‘z xarajatlaringiz ro‘yxatini tekshirib, qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkinligini aniqlang.

Разумное управление финансами для мигрантов_3
🗓Katta xarajatlarni oldindan rejalashtiring:

• Kelajakdagi yirik xarajatlar ro‘yxatini tuzing (masalan: uyga qaytish uchun chiptalar, qimmatbaho jihozlar, tibbiy xizmatlar);

• Har bir katta xarid uchun qancha mablag‘ kerakligini aniqlang va qachon sotib olishni rejalashtiring;

• Har oyda bu xarajatlar uchun ma’lum miqdorda pul ajratib boring;

• Samolyot va poyezd chiptalarini oldindan sotib oling – bu ancha arzonroq;

• Mavsumiy chegirmalardan foydalaning (masalan, qish kiyimlarini yozda sotib oling);

✔️Moliyaviy maqsadlarni belgilang:

• Muhim to‘lovlarni aniqlang;

• Jamg‘arish rejasini tuzing;

• Xarajatlar va jamg‘armalarni kuzatib boring.

💰 Moliyaviy «xavfsizlik yostiqchasi» yarating:

• Har oy daromadingizning kamida 10% jamg‘aring;

• Jamg‘armalaringizni alohida hisobda saqlang;

• Jamg‘argan pulni kundalik xarajatlarga ishlatmang.

✍️Bayramlar va marosim xarajatlarini qayta ko‘rib chiqing:

• To‘y va boshqa tadbirlar uchun oqilona byudjet qo‘ying;

• Oilaga tejash kerakligini tushuntiring;

• Tadbirlarni o‘tkazishning arzon usullarini qidiring.

Разумное управление финансами для мигрантов-b2e3-4807-bb95-54f90abbe3a2-min.webp
💸Kundalik xarajatlarni kamaytiring:

• Ko‘chadan ovqat sotib olish o‘rniga uyda tayyorlang;

• Jamoat transportidan foydalaning;

• Arzon mobil aloqa tariflarini tanlang;

• Kelasi yil uchun patent to‘lovini oldindan to‘lang. Yil oxirigacha eski narxda to‘lash mumkin.

• “Registatsiya” hujjatini imkon boricha uzoqroq muddatga rasmiylashtiring. Bu har uch oy muddatini uzaytirishdan arzonroq.

• Pulni ish kunlari va ish vaqtida yuboring – ishdan keyin va dam olish kunlari valyuta kurslari yuqori bo‘ladi;

• Pul yuborishdan oldin barcha ishonchli pul o‘tkazish xizmatlarini solishtiring. Pul o‘tkazish uchun SalamPay ilovasidan foydalaning.

⏰ Shoshilmang, kutilmagan impulsiv xaridlardan qoching:

• Do‘konga borishdan avval xarid ro‘yxatini tuzing. Bu sizni keraksiz xaridlarni qilishdan saqlaydi.

• Ko‘zingizga yaxshi ko‘ringan narsani sotib olishdan oldin kamida 24 soat to‘xtab o‘ylang;

• Ko‘pincha bir kundan so‘ng tovarni sotib olish istagi zaiflashadi yoki butunlay yo‘qoladi;

• O‘sha paytda zarur deb his qilgan narsa aslida keraksiz bo‘lishi mumkin • Kutish vaqtida o‘zingizdan bu narsa menga haqiqatan ham kerakmi, deb so‘rang.

• Agar bir kundan so‘ng ham o‘sha narsa sizga kerak deb hisoblasangiz, unda buni yaxshilab o‘ylangan qaror deb bilib, xarid qilishingiz mumkin.


Ushbu maqolani do‘stlaringizga yuborib qo‘ying.

Keyingi maqolada pul yig‘ishning samarali usullari haqida gaplashamiz.

O'tkazma kalkulyatori

Pulni darhol, yashirin to'lovlarsiz va haqqoniy kursda uyga yuboring.

O'zbekiston
UzCard/HUMO karta raqami bo'yicha yoki bankka telefon raqami bo'yicha UzCard/HUMO ga
  • O'zbekiston
  • Ozarbayjon
  • Tojikiston
RUB
UZS

Hozirda eng yaxshi kurs

Qabul qilish vaqti

Darhol

Komissiya

Komissiyasiz

Yaqinlaringizni xursand qilishning oson yo'li

Hech qayerga borish va navbat kutish shart emas - har qanday vaqtda pul o'tkazmalarini yuborishingiz mumkin.

Batafsil