So‘nggi yillarda firibgarlik sxemalari soni oshdi, usullari esa yanada murakkablashdi. Firibgarlar faol ravishda Telegram’ga o‘tmoqda — bu messenger mehnat muhojirlari orasida juda mashhur. Har kuni yuzlab yangi kanallar paydo bo‘ladi, ular ko‘rinishidan yirik kompaniyalarning rasmiy sahifalariga juda o‘xshaydi.
Natija esa bir xil: odamlar pullaridan ayrilmoqda, shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanmoqda yoki o‘zlari rasmiylashtirmagan kreditlar ular nomiga ochilganini bilib qolishmoqda. Buning sababi — kiberfiribgarlik foydalanuvchi raqamli savodxonligidan tezroq rivojlanmoqda.
Shuning uchun faqat firibgarlik belgilarini emas, balki bunday sxemalar qanday ishlashini ham tushunish muhim.
Firibgarlarning asosiy usuli — ishonchni taqlid qilish. Ular quyidagi brendlarni tashqi ko‘rinishidan nusxalab, kanallar yaratadi:
– Pul o‘tkazmalariga oid xizmatlar;
– Mikroqarz tashkilotlari;
– Xalqaro to‘lov tizimlari.
Nomi, logotipi, matni — hammasi asliga maksimal darajada o‘xshatiladi.

Eng ko‘p uchraydigan firibgarlik ssenariylari:
– Firibgarlar «maxfiy sxemalar»ni taklif qilishadi, masalan, go‘yoki qarzni qaytarmaslik yoki katta miqdordagi pul o‘tkazmasini «komissiyasiz» olish usuli. «Kirish» uchun to‘lov so‘rashadi. Pul yuborilgandan keyin esa hech qanday iz qolmaydi;
– Mijozni qo‘llab-quvvatlash xizmati nomidan pasport, telefon raqami, hujjatlarning fotosi kabi ma’lumotlarni so‘rashadi. Ushbu ma’lumotlar jabrlanuvchi nomiga kredit rasmiylashtirish uchun ishlatiladi. Huquqlarni tiklash oylar davom etishi va politsiyaga murojaat qilishni talab qilishi mumkin;
– Soxta qo'llab-quvvatlash xizmati: «o‘tkazmani blokdan chiqarish», «xato yuborilgan to‘lovni qaytarish» yoki «shaxsni tasdiqlash» bahonasida logotiplar, interfeyslar va soxta call-markaz raqamlaridan foydalanishadi.
Rasmiy kompaniyalarni firibgarlardan ajratib beradigan eng oddiy qoida:
Barcha haqiqiy kompaniyalar o‘z ijtimoiy tarmoqlariga havolalarni faqat rasmiy sayt va ilovalarda joylashtiradi.
Shu sababli, bizning rasmiy Telegram-kanalimizga havolani yana bir bor taqdim etamiz: SalamPay.
Agar siz saytimizda ko‘rsatilmagan Telegram-kanaliga obuna bo‘lgan bo‘lsangiz — bu feyk. Bu tekshiruv bir daqiqadan kam vaqt oladi, lekin moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishi mumkin.
Qo‘shimcha tavsiyalar:
– SMS-kodlarni, pasport va hujjatlar fotosini uchinchi shaxslarga bermang;
– Noma’lum kanallardagi havolalarga kirmang;
– Kanal nomini xatolar va ortiqcha belgilar bor-yo‘qligiga tekshiring;
– Faqat ishonchli ilovalar va rasmiy servislarni foydalaning.
Firibgarlar texnik jihatdan kuchaymoqda, ularning kanallari esa tobora ishonchli ko‘rinmoqda. Ma’lumot manbalarini doimo tekshiring va faqat rasmiy kanallardan foydalaning.





