Jamg'arma - bu kutilmagan vaziyatlarda sizning himoyangiz va muhim hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatidir.
Migrantlar uchun moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi ayniqsa muhim, chunki:
• Ish mavsumiy yoki beqaror bo'lishi mumkin;
• Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kutilmagan xarajatlar bo'lishi mumkin;
• Vatanda oilaga yordam berish uchun mablag' kerak;
• Uyga qaytish va o'z ishingizni boshlash uchun kapital bo'lishi muhim.
📢Biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag'ishlangan turkum maqolalar nashr etishda davom etamiz. Bunda bizga ishonchli hamkorimiz — SalamPay pul o‘tkazish xizmati yordam beradi. Ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling.
Pul to'plashning asosiy tamoyillarini ko'rib chiqamiz:

Ikki konvert tizimi
• Pulni xarajat va jamg'arma pullariga ajrating;
• Jamg'armalarni kundalik pullardan alohida saqlang;
• Turli pul toifalarini aralashtirmang.
Belgilangan summa usuli
• Har oylik jamg'arma uchun aniq summani belgilang;
• Jamg'armaga majburiy to'lov sifatida qarang;
• Daromad oshganda jamg'arma summasini oshiring.
Birinchi kun qoidasi
• Oylik yoki daromad olgandan keyin darhol pulning bir qismini jamg'aring;
• Daromadning 10% dan boshlang;
• Jamg'arma foizini asta-sekin oshirib boring.
Mayda pullarni to'plash
• Barcha mayda pullarni jamg'arma qutisiga soling;
• Muayyan nominal qiymatdagi kupyuralarni to'plang;
• Jamg'arma hisobingizni kichik summalar bilan muntazam to'ldiring.
Maqsadli jamg'arma
• Aniq moliyaviy maqsad yoki bir nechta maqsadlarni belgilang. Masalan, avia chipta, avtomobil sotib olish va boshqalar;
• Zarur summani hisoblang;
• Maqsadga erishish muddatini belgilang;
• Umumiy summani oylar soniga bo'ling.
Jamg'armish avtomatizatsiyasi
• Bank ilovasida kartaga oylik yoki boshqa pul kelib tushganda pulning bir qismini jamg'arma hisobiga avtomatik o'tkaziladigan qilib qo'ying;
• Bank ilovasidagi jamg'arma hisoblaridan (konvertlar, zaxiralar) foydalaning;

Jamg'armani qayerda saqlash yaxshiroq?
💳 Bank vositalari
• Ishonchli bank yoki bank ilovasida jamg'arma hisobi;
• To'ldirish imkoniyati bilan depozit;
• Jamg'armani diversifikatsiya qilish uchun turli valyutalardagi hisoblar. Agar rubl zaiflashsa, chet el valyutasidagi jamg'armangizning bir qismi xarid qobiliyatini saqlaydi;
• Metal hisoblar (oltin, kumush).
💵 Naqd jamg'arma
• Ishonchli joyda (uy seyflar va bank yacheykalar) va turli valyutalarda saqlang;
• Bir nechta qismga ajrating;
• Inflyatsiya xavfini hisobga oling.

Jamg'arma qilishdagi xatolar:
🚨 Aniq rejaning yo'qligi
• Aniq maqsadlar belgilanmagan;
• Muntazam jamg'arma tizimi yo'q;
• Jamg'arma bo'yicha rejalanmagan qarorlar.
🚨 Barcha pullarni bir joyda saqlash
• Barcha mablag'larni yo'qotish xavfi;
• Jamg'armani sarflab yuborish xavfi;
• Turli moliyaviy maqsadlar uchun yig'ilayotgan mablag'larning aralashib ketish ehtimoli.
🚨 "Ortgan pullarni" jamg'arish
• Odatda hech narsa ortmaydi;
• Jamg'arish muhimligining kamayishi;
• Jamg'arishda intizomning yo'qligi.
Bu maqolani do'stlaringizga yuboring.
Keyingi maqolada qarzlardan qutulish sirlari haqida gaplashamiz.