Pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun siz MasterCard, Visa yoki Maestro xalqaro toʻlov tizimi, yoki Rossiyaning "Мир" toʻlov tizimi xizmat koʻrsatadigan kartaga ega boʻlishingiz kerak. Karta 3D-Secure texnologiyasini qoʻllab-quvvatlashi va Rossiya Federatsiyasi banklari tomonidan chiqarilgan boʻlishi kerak. Ushbu shartlar bajarilgan holda, kartangizdan foydalanib, SalamPay mobil ilovasi orqali oʻz mamlakatingizga pul oʻtkazmasini yuborishingiz mumkin.