Javob: ha, lekin ayrim jihatlar bor. 2026-yilda professional daromad solig‘i (NPD) faqat YEOII (ЕАЭС) davlatlari va Ukraina fuqarolari uchun mavjud.
YEOII (ЕАЭС) davlatlariga quyidagilar kiradi:
- Qirg‘iziston;
- Armaniston;
- Belarus;
- Qozog‘iston.
Agar siz ushbu davlatlardan biri yoki Ukraina fuqarosi bo‘lsangiz, o‘zingizni o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, qonuniy ishlashingiz mumkin.
Samozanyat maqomi nima beradi?
Bu maqom sizga yakka tartibda ishlash va yakka tartibdagi tadbirkorlik (IP) ochmasdan daromaddan soliq to‘lash imkonini beradi.
Masalan, ushbu rejim quyidagi xizmatlar bilan shug‘ullanuvchilar uchun mos keladi:
- ta’mirlash va maishiy xizmatlar;
- yuk yoki yo‘lovchi tashish;
- repetitorlik;
- go‘zallik sohasidagi xizmatlar;
-.foto, dizayn, tikuvchilik va boshqa xususiy xizmatlar.

Afzalliklari:
1. Qonuniy daromad. Siz rasmiy ishlaysiz va daromadingizni tasdiqlay olasiz.
2. Oddiy ro‘yxatdan o‘tish. “Moy nalog” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
3. IP ochish shart emas. Ko‘pchilik uchun bu biznesni rasmiylashtirishdan osonroq.
4. Soliq faqat olingan daromaddan to‘lanadi.
Migratsiya qonunchiligi bo‘yicha dolzarb yangiliklarni bizning Telegram kanalimizda kuzatib boring.






