Oilangiz bilan O‘zbekistonda ta’til o‘tkazdingiz va Rossiyaga ishga qaytmoqchimisiz? Yo‘lga chiqishdan oldin hujjatlaringizni tekshirib, Rossiyaga kirishingizga hech qanday cheklov yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Siz uchun hech narsani unutmaslikka yordam beradigan qisqa eslatma tayyorladik:
1. Pasportingizni tekshiring
Xorijga chiqish pasportingizning amal qilish muddati tugamaganiga, u shikastlanmaganiga va undagi barcha ma’lumotlar to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qiling.
Agar ta’til davomida yangi pasport olgan bo‘lsangiz, avval rasmiylashtirilgan Rossiya hujjatlaridagi ma’lumotlarni ham yangilash talab qilinishi mumkinligini inobatga oling.
2. Rossiyaga kirishga cheklovlar bor-yo‘qligini tekshiring
Chipta sotib olishdan oldin Rossiyaga kirishingizga taqiq yo‘qligini tekshirib oling.
Masalan, avvalgi safar davomida migratsiya qonunchiligi buzilgan bo‘lsa, Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilishi mumkin.
Shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reyestrida (RKL) ma’lumotlaringiz bor-yo‘qligini ham tekshiring.
Migratsiya qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklarni Telegram yoki MAX kanalimizda kuzatib boring.

3. Patentning amal qilish muddatini aniqlang
Agar Rossiyada patent asosida ishlagan bo‘lsangiz, uning amal qilish muddati tugamaganini tekshiring.
Rossiyadan chiqib ketishning o‘zi patentni bekor qilmaydi. Biroq patentning amal qilishi belgilangan muddatlarda qat’iy belgilangan avans to‘lovlarini amalga oshirishga bog‘liq.
Agar patentning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, qaytishdan oldin qaysi hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirish kerakligini aniqlab oling.
4. Kirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlang
O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga kirishda, ushbu majburiyatdan ozod etilmagan bo‘lsa, migratsiya kartasini rasmiylashtirishi kerak.
Agar ishlash maqsadida ketayotgan bo‘lsangiz, kirish maqsadi sifatida «Ish» («Работа») bandini ko‘rsating.
Rossiyaga kelganingizdan so‘ng migratsiya hisobiga turish qoidalariga ham rioya qilishingiz kerak. Muddatlar va tartib hudud hamda maqomingizga qarab farq qilishi mumkin.
5. Aviachiptalarni oldindan xarid qiling
Qaytishdan oldin uchish sanalari, aviachiptalar narxi va bagaj tashish qoidalarini solishtiring.
SalamPay ilovasi orqali Rossiyaga aviachiptalarni topish va xarid qilish mumkin.
Safarga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan ma’qul. Shunda hujjatlar va chiptalar bilan bog‘liq muammolarni oxirgi daqiqada hal qilishga to‘g‘ri kelmaydi.






