Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy ishchilarning ayrim toifalarini rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.
Ammo gap barcha mehnat migrantlari haqida ketmayapti. Keling, ushbu o‘zgarishlar kimlarga taalluqli bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Kimlarni imtihondan ozod qilmoqchi?
Taklif Rossiyada hududlarni jadal rivojlantirish (ТОР) hududlarida rezident kompaniyalarga ishga joylashish uchun ishlash ruxsatnomasini oladigan xorijiy fuqarolarga tegishli.
Bular biznes uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgan maxsus hududlardir. Ular Rossiyaning turli mintaqalarida, jumladan, Uzoq Sharq va Arktikada joylashgan.
Masalan, Uzoq Sharqda bunday 16 ta hudud, Arktikada esa ikkita hudud mavjud.
Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, bunday xorijiy ishchilar uchun majburiy imtihon bekor qilinadi. Ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirishda ulardan quyidagilarni bilishini tasdiqlash talab etilmaydi:
- rus tilini;
- Rossiya tarixini;
- qonunchilik asoslarini.
Boshqa migrantlar bilan nima bo‘ladi?
Xorijiy fuqarolarning aksariyati uchun amaldagi talablar saqlanib qoladi.
Xususan, bu Rossiyaga kelib, mehnat patenti rasmiylashtiradigan O‘zbekiston fuqarolariga ham tegishli. Umumiy qoidaga ko‘ra, ular rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlashi kerak.
Ichki ishlar vazirligining taklifi aynan ishlash ruxsatnomasini oladigan muayyan toifadagi ishchilarga tegishli. Patent egalari uchun imtihon avtomatik ravishda bekor qilinishi nazarda tutilmagan.
Shuning uchun hali imtihon topshirishi kerak bo‘lganlarga rus tilini o‘rganishni kechiktirmaslik tavsiya etiladi. Buni SalamPay ilovasidagi bepul kursdan boshlash mumkin. Unda o‘zbek tilidagi 15 ta videodars va til asoslarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beradigan uy vazifalari mavjud.
Nima uchun bunday o‘zgarishlar taklif qilinmoqda?
Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, imtihonni bekor qilish kompaniyalarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yordam beradi. Bu, shuningdek, hududlarni jadal rivojlantirish hududlaridagi korxonalar rivojiga ham hissa qo‘shishi kerak.
Xorijiy ishchilarning ayrim toifalari uchun shunga o‘xshash istisnolar allaqachon mavjud.

O‘zgarishlar qachondan kuchga kiradi?
Hozircha hujjat qonun loyihasi bosqichida.
Bu yangi qoidalar hali kuchga kirmaganini anglatadi. Ularni joriy etish uchun tegishli federal qonun qabul qilinishi kerak.
Shuning uchun hozirda patent yoki is hlash ruxsatnomasini rasmiylashtirayotgan xorijiy fuqarolar amaldagi talablarga amal qilishlari lozim.






