Har kuni SalamPay foydalanuvchilaridan fikr-mulohazalar olamiz. Kimdir ilovadan foydalanishdagi ilk taassurotlari bilan bo‘lishadi, boshqalar esa shunchaki qulayligi uchun minnatdorchilik bildiradi.
Sizlarning fikrlaringizda eng ko‘p uchraydigan sabablarni jamladik.
Halol kurs va komissiyasiz o‘tkazmalar
Foydalanuvchilar SalamPay’ni tanlashining eng asosiy sabablaridan biri — pul o‘tkazmalarini komissiyasiz va halol kurs bo‘yicha yuborish imkoniyati.
Ko‘pchilik avval bank o‘tkazmalari yoki boshqa xizmatlardan foydalanganini, ammo shartlarni taqqoslagach SalamPay’ni tanlaganini ta’kidlaydi.
Pul tez yetib boradi
Ko‘pchilik uchun nafaqat pul yuborish, balki oilasi uni tez olishini bilish ham muhim.
Foydalanuvchilar ko‘pincha mablag‘lar ayrim boshqa o‘tkazma usullariga qaraganda ancha tez tushishini yozishadi.
O‘tkazmani kuzatish mumkin
Pul yuborgandan keyin u yetib borganmi yoki yo‘qmi deb taxmin qilishga hojat yo‘q.
Ilovada o‘tkazma holatini ko‘rish mumkin. Qabul qiluvchi pulni olgach, yuboruvchiga avtomatik ravishda PUSH-bildirishnoma keladi.
Naqd pulni qulay bankda olish mumkin
Turli mamlakatlardagi foydalanuvchilar qabul qiluvchilarga ma’lum bir bank filialini qidirishga yoki odatdagi bankini almashtirishga hojat qolmasligini ta’kidlashadi. Bu pulni olishni yanada oson va qulay qiladi.
Ilovada faqat pul o‘tkazmalari emas!
Ko‘pchilik SalamPay’dan faqat pul yuborish uchun emas, balki boshqa xizmatlar uchun ham foydalanadi.
Ilovada quyidagi xizmatlar ham mavjud:
- RKL bazasi orqali migratsiya maqomini tekshirish uchun Migrant ID xizmati;
- aviachiptalarni xarid qilish;
- bepul rus tili kursi (darslar o‘zbek tilida o‘tiladi);
- ona tilingizdagi musiqalar bilan SalamRadio.
Shu tufayli mehnat migrantining kundalik vazifalarini bitta ilovaning o‘zida hal qilish mumkin.
Biz foydalanuvchilarning barcha xabarlarini diqqat bilan o‘qiymiz. Aynan sizlarning g‘oya va takliflaringiz SalamPay’ni rivojlantirish va ilovani yanada qulay qilishimizga yordam beradi.

Bizni tanlaganingiz va tajribangiz bilan bo‘lishayotganingiz uchun rahmat!






